w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyatida yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulkning mutlaq qiymatiga kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llash to‘g‘risida

Samarqand viloyatida yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulkning mutlaq qiymatiga kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llash to‘g‘risida

.

Samarqand viloyatida yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda  ko‘chmas mulkning mutlaq qiymatiga kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llash to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412-moddasiga muvofiq, viloyat Davlat soliq boshqarmasining 2022 yil 14 yanvardagi (19/10-01752-son) va viloyat Moliya bosh boshqarmasining 2022 yil 21 yanvardagi (01/02-38/93-son) xulosalariga asoslanib, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq ellik oltinchi sessiyasi

QAROR  QILADI:

  1. Samarqand viloyati tumanlarining iqtisodiy rivojlanishiga qarab yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulkning mutlaq qiymatiga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi koeffitsiyentlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (J.O‘rakov), viloyat Moliya bosh boshqarmasi (B.Mirzayev), viloyat Davlat soliq boshqarmasi (A.Inagamov) mazkur qarorga asosan yuridik shaxslarning mulk qiymatiga qo‘llanilayotgan kamaytiruvchi koeffitsiyentni soliq to‘lovchilarga yetkazilishini ta’minlansin.
  3. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi (M.Mirzayev), viloyat hokimligi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” (A.Anvarov) ushbu qarorni ommaviy axborot vositalarida chop etilishi hamda viloyat hokimligi rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
  4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (F.Nasrullayev) va viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (J.Urakov) zimmasiga yuklansin.
  5. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

Kengash raisi                                                           E.Turdimov

Qaror loyihasini muhokama qilish va fikr-mulohazalaringizni bayon etish uchun ushbu havolani bosing.


Kiritilgan vaqti: 14/02/2022 20:47.   Ko‘rilganligi: 639
 
Material manzili: https://samarkand.uz/documents/draft_documents/samarqand-viloyatida-yuridik-shaxslar-mol-mulk-soligini-hisoblashda-kochmas-mulkning-mutlaq-qiymatiga-kamaytiruvchi-koeffitsientlarni-qollash-togrisida

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.