w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida

Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida

.

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1326-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2010 y., 17-son, 131-moddaning 4-bandi) ga muvofiq, viloyat Bozorlar va savdo komplekslari uyushmasining 2021 yil 12 yanvardagi (8-son) murojaati, viloyat Moliya bosh boshqarmasining 2021 yil 12 yanvardagi (01/02-38/56-son) va Davlat soliq boshqarmasining 2021 yil 12 yanvardagi (20/5-01498-son) xulosalarini inobatga olib

QAROR   QILAMAN:

 

  1. Quyidagilar: 

Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar miqdorlari 1-ilovaga;

Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan bino, inshootlar va inventarlarni ijaraga berish va ko‘rsatiladigan majburiy xizmatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning miqdorlari 2-ilovaga;

Bozor va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan maxsus ajratilgan joylarda og‘ir va katta o‘lchamdagi qurilish materiallarini sotish uchun to‘lovlarning miqdorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Viloyat hokimining 2020 yil 20 fevraldagi “Viloyatdagi bozor va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini belgilash to‘g‘risida”gi 22-Q-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
  2. Viloyat hokimligi matbuot kotibi axborot xizmati (M.Mirzayev) mazkur qarorni “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalarida e’lon qilinishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
  3. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
  4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

 

 

Viloyat hokimi v.v.b                                                  J.Urakov

Samarkand  shahri, 2021 yil 29 yanvar 12 - K-son

Qarorni yuklab olish (PDF 6.00 MB)


Kiritilgan vaqti: 14/07/2021 11:00.   Ko‘rilganligi: 915
 
Material manzili: https://samarkand.uz/documents/business/viloyatdagi-bozorlar-va-savdo-komplekslari-mamuriyati-tomonidan-undirib-olinadigan-bir-martalik-yigimlar-ijara-tolovlari-va-korsatiladigan-xizmatlar-qiymati-miqdorlarini-tasdiqlash-togrisida

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.