w w w . s a m a r k a n d . u z

Fransiya Taraqqiyot Agenligi (FTA) ishtirokida “Samarqand shahrida qattiq maishiy chiqindilar boshqaruvini modernizatsiya qilish” loyihasi bo‘yicha ma’lumot

Fransiya Taraqqiyot Agenligi (FTA) ishtirokida “Samarqand shahrida qattiq maishiy chiqindilar boshqaruvini modernizatsiya qilish” loyihasi bo‘yicha ma’lumot

Loyihani amalga oshirish uchun asos:O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 iyuldagi PQ-3139-sonli qarori.

Loyihaning maqsadi: Qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, olib tashlash va yo‘q qilish tizimini takomillashtirish, Samarqand shahrining sanitariya va ekologik holatini yaxshilash, atmosferaga zararli moddalar chiqishini kamaytirish.

Loyihaning umumiy qiymati: 37,167 mln. Yevro ( ekv. 45,018 mln. Doll.)

Shundan:

FTA krediti: 23,53 mln. Yevro (ekv.28,5 mln. Doll.);

YEI Granti: 8,0 mln. Yevro (ekv. 9,69 mln. Doll.);

O‘zbekiston Respublikasi byudjeti va tashkilotning o‘zing mablag‘laridan: 5,637 mln. Yevro (ekv. 6,828 mln. Doll.) (shundan 3,188 mln. Yevro (ekv. 3,826 mln. Doll.) soliq va bojxona to‘lovlariga imtiyoz shaklida).

Loyiha boshidan hozirgacha o‘zlashtirilgan mablag‘ – 8,760 mln. Yevro (ekv. 10,610 mln. Doll.):

FTA krediti:  4,212 mln. Yevro (ekv. 5,101 mln. Doll.)

YEI Granti: 1,153 mln. Yevro (ekv. 1,397mln. Doll.)

O‘zbekiston Respublikasi byudjeti va tashkilotning o‘zing mablag‘laridan: 3,395 mln. Yevro (ekv. 4,112 mln. Doll). Ushbu mablag‘ soliq va bojxona to‘lovlari uchun imtiyoz shaklida 2019 yilda ishlatilgan (Moliyaviy audit hisobotda ko‘rsatilgan).

 

2021 yilda o‘zlashtirish rejasi: 5,771 mln. Yevro (ekvivalent 6,990 mln. Doll.):

FTA krediti: 3,611 mln. Yevro (ekv. 4,374 mln. Doll.)

YEI Granti: 0,977 mln. Yevro (ekv. 2,133 mln. Doll.)

Loyihaning maqsad ko‘rsatgichlari: Chiqindilarni yig‘ish uchun yangi (80) yuk mashinalarini sotib olish, 41 ta chiqindilarni yig‘ish punktlarini rekonstruksiya qilish va 150 ta yangi (CHYP) qurish, mavjud chiqindixonani yopish, yarim mexanik saralash zavodining bioreaktoridan foydalangan holda yangi poligon qurish hisobiga shahar chiqindilarini yig‘ish, qayta ishlash hamda yo‘q qilish tizimini takomillashtirish orqali Samarqand shahrida qattiq maishiy chiqindilarni (QMCH) qayta ishlash tizimini modernizatsiya qilish.

Texnik-iqtisodiy asosning mavjudligi: Loyiha TIAsining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 iyuldagi PQ-3139-sonli qarori bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qattiq chiqindilarni boshqarishda klaster tizimini joriy yetish to‘g‘risidagi topshirig‘iga binoan texnik-iqtisodiy asosni yangilash talab yetiladi.

Loyihaning hozirgi holati:

Shartnoma 01/ICB 19.08.2019, Seureca – GBS (Fransiya-O‘zbekiston), Texnik ko‘mak konsultantlar jamoasi o‘z faoliyatini boshlagan. Shartnoma qiymati 956 000 yevroni tashkil qiladi. Loyihani amalga oshirish guruhi (LAG) va "Marokand Obod" Davlat unitar korxonasi (DUK)ni texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, bundan tashqari, LAG va DUK xodimlarining salohiyatini oshirish rejalari hamda QMCH boshqaruvi to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish rejasi amalga oshirilmoqda. Shartnomaning amal qilish muddati (36 oy) 19.08.2022 yil

Shartnoma 02/ICB 12.06.2019, Kai Mei – Hayat Group (Xitoy-Azerbayjon), 80 ta chiqinda yig‘ish mashinalar xaridi amalga oshirilgan. Shartnoma qiymati
4 188 000 yevroni tashkil qiladi. Axlat tashiydigan mashinalarni sotib olish 2019 yil 30 noyabrda yakunlandi. Texnik xizmat ko‘rsatish tashkil etilgan. Maxsus texnikaning kafolati - 3 yil.

Shartnoma 03/ICB 03.12.2019, “C&E-Enviroplan” (Germaniya-Gretsiya), Batafsil loyihalash, tender xujjatlarini tayyorlash va qurilish nazorati bo‘yicha konsultantlar jamoasi o‘z faoliyatini boshlagan. Shartnoma qiymati
1 023 000 yevro.

Bajarilgan ishlar:

 

 - eski poligonning topografik va geotexnik tadqiqotlari,

- ikkilamchi xom ashyolar bozorini o‘rganish,

- garajning konseptual dizayni,

- saralash tarmog‘ining konseptual dizayni,

- chiqindilarni yig‘ish punktlarining konseptual dizayni.

Poligon maydonining ko‘payishi munosabati bilan qo‘shimcha geotexnik tadqiqotlar o‘tkazish uchun 09.08.2020 yildagi 01-sonli qo‘shimcha bitim imzolandi. Shartnoma muddati 03.03.2023 yil.

 

Loyihani amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha takliflar.

         2020 yil noyabr oyida FAR vakillari (loyiha rahbarlari va mintaqaviy boshqaruvchilar) bilan muzokaralar o‘tkazildi, texnik masalalar va loyihani amalga oshirilishining kechikishi sabablari muhokama qilindi. Muhokamalar va muzokaralar natijasida quyidagi kelishuvga erishildi:

         Loyihani amalga oshirish muddatini quyidagi o‘zgartirishlar bilan 3 yilga uzaytirish.

 

Loyiha doirasida mumkin qadar tezroq amalga oshirilishi zarur bo‘lgan har ikki tomon bilan kelishilgan o‘zgarishlar:

Komponentlar

Taklif

Sharti

Biorektor poligoni qurilishi (10,7 mln.Yevro /12,96 mln.doll. )

Oddiy sanitar poligon qurilish va ajratilgan byudjetdan iqtisod qilish.

Chiqindixona gazi va poligon tubida yig‘iluvchi zaxarli suyuqlik albatta zararsizlantirishi zarur.

Poligon faoliyati uchun maxsus texnikalar xaridi (0,958 mln.Yevro/ 1,16 mln.doll) 2 ta buldozer, 2 ta ekskavator, 3 ta samosval, 1 ta old yuklagich).

Chiqindi yig‘ish mashinalari xarididan ortib qolgan mablag‘ni (2,1 mln. Yevro) poligon uchun ko‘proq va baquvvatrok maxsus texnikalar xaridiga yo‘naltirish.

Byudjet kamida 2,1 mln Yevro (2,537 mln.doll.) bo‘lishi, kerakli maxsus texnikalar soni va quvvati loyihalovchi konsultantlar tomonidan xisob kitoblar orqali asoslanishi zarur.

Chiqindi saralash zavodi (0,566 mln. Yevro / 0,685 mln.doll.)

Ushbu komponentga iqtisod qilingan mablag‘lar xisobidan ko‘proq byudjet ajratish (kamida 2 mln. Yevro/2,4 mln.doll.))

Loyiha TIAda ko‘rsatilganidek kompleksning quvvati 10 tonna/soat bo‘lishi, ammo kelajakda quvvatini oshirish imkoniyati bilan loyihalanishi zarur.

 

 

 


Oxirgi o‘zgarish: 29/03/2021 16:44.   Ko‘rilganligi: 991
 
Material manzili: https://samarkand.uz/documents/business/frantsiya-taraqqiyot-agenligi-fta-ishtirokida-samarqand-shahrida-qattiq-maishiy-chiqindilar-boshqaruvini-modernizatsiya-qilish-loyihasi-boyicha-malumot

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.