
.
Samarqand viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati
DIREKTORI LAVOZIMIGA TANLOV!!
Vakansiya nomi:
Manzil: O‘zbekiston, Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Ko‘ksaroy maydoni, 1-uy.
Oylik maoshi: Jamiyat shtatlar jadvaliga muvofiq.
Ish bandligi: To‘liq bandlik.
Kimlar hujjat topshirishi mumkin: Ushbu e’lon talablariga javob beruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqorolari va chet el fuqarolari.
Talablar:
yoshi: 30 dan 40 yoshgacha;
oliy ma’lumotli bo‘lishi;
korporativ boshqaruv tamoyillarini bilishi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
Axborot tizimlari va dasturiy ta'minotlardan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha texnik va dasturlar bilan ishlash va malakaga ega bo‘lishi kerak;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida texnik va dasturiy bilimga ega bo‘lishi kerak;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida chiqqan qaror va farmonlarni bilishi kerak;
oxirgi uch yilda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rahbarlik lavozimida ish stajiga ega bo‘lishi;
Samarqand viloyati hokimining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchisi rasmiy tavsiyasi.
Shaxsiy sifatlari:
- direktor barcha jabhalarida yetakchilikni o‘zlashtirish qobiliyati;
- yuqori darajadagi strategik fikrlash;
- yetakchilik fazilatlari va tajribasining mavjudligi;
- ijobiy motivatsiya va ishontirish orqali o‘zgarishlarni amalga oshirish tajribasi;
- javobgarlik, tanqidiy fikrlash, tahlil qilish qobiliyati, stressga chidamlilik.
Taqdim qilinishi kerak bo‘lgan xujjatlar:
Ishtirokchining shaxsiy varaqasi(ob’ektivka);
Ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va hujjat nusxalari;
Fuqarolik pasportidan nusxa;
Mehnat daftarchasidan nusxa;
Agar mavjud bo‘lsa, Ilmiy unvonlari, darajalarini tasdiqlovchi hujjat, chop etgan maqolalari, boshqa mutaxassislikka ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar, malaka oshirganligi to‘g‘risida hujjatlar, davlat mukofotlari mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlari;
Yuqoridagi talablarga muvofiq tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
Talabgorlarni baholash tartibi: Talabgor tomonidan topshirilgan barcha hujjatlar ushbu lavozim talablariga mosligi o‘rganib chiqiladi.
O‘rganish yakunlanganidan so‘ng, 2 ish kuni ichida mazkur lavozim uchun nomzodlar ro‘yxati shakillantirilib, agar 2 nafardan ortiq nomzolar bo‘lgan taqdirda ular bilan suhbat o‘tkaziladi.
Hujjatlarni topshirish tartibi:
Taqdim etish shakli: Talabgorlar tomonidan e’londa belgilangan talablar doirasida o‘zi haqidagi barcha hujjat va ma’lumotlarni yopiq (maxsus) konvertlarda taqdim etiladi.
Manzil: Samarqand shahar, Ko‘ksaroy maydoni, 1a-uy manzili bo‘yicha yuborilishi lozim.
Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2025 yil 9-iyun, soat 18:00 ga qadar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 6
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.