w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Feruz Abilov ishtirokida 2024-yil 1-yarim yillik yakunlari va 2-yarim yillikda amalga oshiriladigan vazifalar to‘g‘risida brifing

Samarqand viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari Feruz Abilov ishtirokida 2024-yil 1-yarim yillik yakunlari va 2-yarim yillikda amalga oshiriladigan vazifalar to‘g‘risida brifing

Joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab olganmiz. Bu borada hurmatli Prezidentimiz tomonidan bir qator qarorlar imzolanib, har soha bo‘yicha aniq manbalari va yo‘nalishlari belgilab berilgan.

Natijada I yarim yillikda

- 215,9 ming aholi bandligi ta’minlandi (shundan, 136,5 ming doimiy, 79,4 ming mavsumiy), reja 144,4 % ga (+ 66,4 ming) bajarildi.

3,5 ming investitsiya loyihalarida,

105,3 ming xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik sohasida,

- 98,8 ming qishloq xo‘jaligida,

8,3 ming qurilish sohasida

Misol uchun, Samarqand shahrida "Samarkand apparel" MChJ tomonidan may oyida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasida 145 ta ishsiz aholi doimiy bandligi ta’minlandi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish

156 ming aholi biznesga jalb etildi (132 %);

-126,6 ming fuqaro o‘zini-o‘zi band qildi,

-11,9 ming YaTTlar,

-4,7 ming yangi tadbirkorlik sub’ektlari,

-12,9 ming dehqon xo‘jaliklari tashkil etildi.

- 54 ta davlat aktivlari auksionga chiqarildi (reja 110,2 %),

- 59 ta ob’ekt 69,2 mlrd so‘mga sotildi (26,1 mlrd so‘m tushum)

- 2,8 mingta xizmat va servis ob’ektlari ishga tushirilib,
83,4 ming aholi bandligi ta’minlandi.

Misol uchun, Oqdaryo Taraqqiyot mahallasida "Laproskopik sentr" MChJda qiymati 33,8 mlrd so‘mlik tibbiy, savdo va maishiy xizmatlar ko‘rsatish markazida 30 ta ish o‘rni ta’minlandi.

- Xalqaro yo‘l (M37-M39) bo‘yidagi 77 ta lotlar sotuvga chiqarilib, qiymati 116,5 mlrd so‘mlik loyihalar ishga tushirildi va 343 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

- 1 108 ta yer uchastikasi K-savdoga chiqarilib 548 tasi sotildi.

- 3 203 ta (713,8 gektar) noqishloq yer uchastkalari auksionga chiqarildi. 279 tasi (207 gektar) sotilib, byudjetga 48,3 mlrd so‘m tushum ta’minlandi.

Mahalliy byudjet tushumlari

2,5 trln.so‘mlik (reja 105,3 %) mahalliy byudjet tushumlari ta’minlanib, o‘tgan yilga nisbatan 118,6 foizga o‘sishga erishildi.  126,2 mlrd.so‘m qo‘shimcha mablag‘lar shakllantirildi.

Sayxunobod va Uychi tumanlari tajribasi” misolida Bulung‘ur tumanida 24,0 mlrd so‘m kredit mablag‘lari yo‘naltirilib 950 ta xonadonga loyiha paketlari yetkazib berildi. Jumladan;

- 60 ta xonadonning 3 gektarga yaqin bo‘sh yer maydonlarga yengil konstruksiyali issiqxona qurib berildi;

- 15,0 mingta tovuq;

- 2,7 mingta qoramol va qo‘y boqish yo‘lga qo‘yildi;

- 1,5 minta tikuv mashinalari olib berildi.

- 15,0 mingta boshqa mikroloyihalar amalga oshirildi.

Ushbu tajribani viloyatning boshqa hududlarida ham joriy etganmiz. Hozirda 16,5 mingta mikroloyihalar amalga oshirilib,
365 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari yo‘naltirildi.

Natijada 35,2 ming nafar ishsiz aholining bandligi ta’minlandi.

2024-yil II-yarim yillik vazifalari

Zamon shiddat bilan rivojlanyotgan bir paytda, bugungi kun ertangi kunga to‘g‘ri kelmayapti, shuning uchun biz 2-yarim yillikda  rejalarni katta olishimiz zarur.

Joriy ilning 2-yarim yilligida 201 ming nafar (shundan 128,5 ming doimiy, 72,4 ming mavsumiy) aholi bandligini ta’minlanadi.

- Kambag‘allikka tushish xavfi mavjud 107,1 ming aholi daromadini oshirish va 25,1 ming kambag‘al oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash orqali kambag‘allikdan chiqarib, kambag‘allik darajasi yil boshidagi 10,5 foizdan 7,7 foizgacha tushiriladi.

 - 228 ming aholi biznesga jalb etiladi;

- 84 ta davlat aktivlari auksionga chiqariladi.

  - 2,7 mingta xizmat va servis ob’ektlari ishga tushirilib, 86,6 ming aholi bandligi ta’minlanadi.

Xalqaro yo‘l (M37-M39) bo‘yidagi 140 ta lotlar sotuvga chiqarilib, qiymati 839,4 mlrd so‘mlik loyihalar ishga tushiriladi va 2,0 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

2 400 ta yer uchastikasi K-savdo orqali auksionga chiqariladi.

421,3 gektar noqishloq yer uchastkalari auksionga chiqariladi. 

Mahalliy byudjetga 2,8 trln.so‘m tushumlar ta’minlaib,
213,7 mlrd.so‘m qo‘shimcha mablag‘lar shakllantiriladi.

Yuqoridagi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan rejalarni ijrosini ta’minlash maqsadida barcha iqtisodiyot komplksi bilan birga tizimli ishlarni tashkil etamiz.


Oxirgi o‘zgarish: 26/07/2024 14:57.   Ko‘rilganligi: 15
 
Material manzili: https://samarkand.uz/brifing115

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.