2015 yilning yanvar-sentyabr oylarida Samarqand viloyatidaijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va iqtisodiy islohotlarning borishi to‘g‘risida
2015 yilning 9 oyida Samarqand viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va islohotlarning borishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2015 yilning 16 yanvarida Hukumat majlisida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar hamda shu yil 29 yanvar kuni Samarqand viloyati faollarining yig‘ilishida ko‘rsatilgan muammolar va vazifalardan kelib chiqib, quyidagi natijalar bilan ifodalanadi.
2015 yilga belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda, iqtisodiy o‘sishning barqaror yuqori sur’atlarini, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish va mamlakat iqtisodiyotini raqobatbardoshligini oshirish hamda iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish va ko‘lamini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga qaratilgan vazifa va tadbirlarni amalga oshirilishi viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Ayniqsa, xususiy biznes uchun qulay shart-sharoit yaratish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish ishlarini kuchaytirish, faol investitsiya siyosatini amalga oshirishbo‘yicha qilingan tadbirlarning amalga oshirilishi har bir tarmoqda izchil iqtisodiy o‘sish sur’atlarining ta’minlanishiga zamin bo‘ldi.
Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar.
Yanvar-sentyabr oylarida yalpi hududiy mahsulot 8196,7 mlrd so‘mni yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 110,4 foizni (prognoz 109,6 foiz) va aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarilishi 2315,3 ming so‘mni tashkil etdi (o‘tgan yilga nisbatan 8,2 foizga o‘sdi).
Jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 3695,7 mlrd so‘mni yoki 114,1 foizni (prognoz 113,5 foiz) - 0,6 bandga, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish 2009,8 mlrd so‘mni (106,5 foizni), chakana tovar aylanmasi 4277,6 mlrd so‘mni (114 foizni), kapital qo‘yilmalar 2051,6 mlrd so‘mni (111,8 foizni), qurilish-pudrat ishlari 1535,1 mlrd so‘mni (113,5 foizni) tashkil etib, 2,5 bandga, yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi 4263,9 mlrd so‘mni (106,6 foizni), jami xizmatlar hajmi 4009,1 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 115 foizni) tashkil qilib, belgilangan prognoz (114,8 foiz) 0,2 bandga oshishiga erishildi.
Yalpi hududiy mahsulot tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ulushi 83,7 foizni (2014 yilning shu davriga nisbatan 0,3 bandga ko‘p), xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi 42,4 foizni (1 bandga ko‘p) tashkil etdi.
Yalpi hududiy mahsulotda qishloq xo‘jaligining ulushi 30,9 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 1,9 bandga kamaygan bo‘lsa, sanoat sohasi 14,3 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 0,3 bandga, qurilish sohasi 0,5 bandga va savdo va umumiy ovqatlanish sohasi 0,1 bandga oshdi.
Investitsiya siyosati real sektor tarmoqlari rivojlanishi
Investitsiya siyosati.
Barcha moliya manbalari hisobidan 2051,6 mlrd so‘m kapital mablag‘lar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 111,8 foiz o‘sishga erishildi. O‘zlashtirilgan kapital mablag‘larning 51,4 mlrd so‘mi davlat byudjeti, 180,6 mlrd so‘mi byudjetdan tashqari fondlar, 37,8 mlrd so‘mi xorijiy investitsiyalar va kreditlar, 254,8 mlrd so‘m bank kreditlari, 1096,7 mlrd so‘mi aholi mablag‘lari, korxona va tashkilotlar mablag‘i 374,3 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.
Pudrat tashkilotlari tomonidan o‘z kuchlari bilan bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmi 1535 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 113,5 foiz o‘sishga erishildi.
Barcha manbalar hisobidan 1270,5 ming m2 turar-joy binolari qurilishi belgilangan, 315 km ichimlik suvi va 84,2 km tabiiy gaz tarmoqlarini foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 1268,6 ming m2 turar-joylar foydalanishga topshirildi (99,8 foiz), shuningdek, 280 km ichimlik suvi va 58,6 km tabiiy gaz tarmoqlari foydalanishga topshirilib, yillik reja mos ravishda 88,8 va 69,6 foizga bajarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17 noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil investitsiya dasturi to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq umumta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya qilish va jihozlash jamg‘armasi hisobidan 91917,9 mln so‘m rejalashtirilgan.
Artezian quduqlari va ichimlik suvi tarmoqlari qurilishida 8479,5 mln so‘m mablag‘ sarflanib, yillik reja 95,2 foiz, sohil bo‘ylari inshoot (damba)larini mustahkamlash uchun 1530,8 mln so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi, yillik reja 76,5 foiz, umumta’lim maktablarini qurish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash uchun 51533,6 mln so‘m mablag‘ sarflanib, yillik reja 114,3 foiz 57 ta 10591 ta o‘quvchi o‘rinli maktablar, kasb-hunar kolleji, akademik litseylarni rekonstruksiya va kapital ta’mirlashda 15869,2 mln so‘m mablag‘ sarflandi. Natijada 16 ta 420 o‘quvchi o‘rinli kasb-hunar kolleji, sog‘liqni saqlash muassasalarini rekonstruksiya va kapital ta’mirlash uchun 27230,8 mln so‘m mablag‘ sarflanib, yillik reja 88,5 foizga bajarildi. Natijada 2 ta 400 qatnovli (Samarqand shahridagi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika, 12-sonli oilaviy poliklinika) foydalanishiga topshirildi. Sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash Respublika fondi hisobidan 2668,7 mln so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib, yillik reja 78,7 foizga bajarildi.
2015 yilda Yo‘l dasturiga kiritilgan 4 ta xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash uchun 56900 mln so‘m mablag‘ rejalashtirilgan. 54512,7 mln so‘m mablag‘ sarflanib, yillik reja 96 foizga bajarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 7 yanvardagi PQ-2282 sonli qaroriga muvofiq, 2015 yilda 222,3 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirilishi hamda 1235 ta namunaviy uy-joylar qurilishi mo‘ljallangan. 174 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib, natijada 1050 ta uy-joy foydalanishga topshirildi.
Sanoat
3695,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 114,1 foizni (prognoz 113,5 foiz), hududiy tasarrufdagi sanoat korxonalari tomonidan 1496,2 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 121,3 foizni (prognoz 116,5 foiz), xalq iste’moli mahsulotlari ishlab chiqarish 2009,8 mlrd so‘mni yoki o‘sish sur’ati 106,5 foizni (prognoz 104,7 foiz) ni tashkil etdi.
Ishlab chiqarilgan xalq iste’moli mollarining 38,1 foizi (765,8 mlrd so‘m) oziq-ovqat mahsulotlariga, 59,4 foizi (1193,6 mlrd so‘m) nooziq-ovqat mahsulotlariga, 18,9 foizi (380,3 mlrd so‘mi) yengil sanoat mahsulotlariga to‘g‘ri keldi.Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning viloyat ko‘rsatkichi o‘rtacha 1043,9 ming so‘mni, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rtacha 567,7 ming so‘mni tashkil etgan.
Sanoat mahsulotlari tarkibida mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoatining o‘sish sur’ati 760,5 mlrd so‘m (112,7 foiz), qurilish materiallari sanoatida 153,7 mlrd so‘m (128,4 foiz), yengil sanoatda 380,3 mlrd so‘m (117 foiz), un-krupa va kombikorma sanoatida 149,9 mlrd so‘m (107,6 foiz), metallurgiya sanoatida 14,7 mlrd so‘m (116,1 foiz), poligrafiya sanoati 23,8 mlrd so‘m (135 foiz), forfor sanoati 28,7 mlrd so‘m (110 foiz), elektroenergetika sanoatida 82,9 mlrd so‘m (103,6 foiz), oziq-ovqat sanoatida 216,3 mlrd so‘m (107,6 foiz), yoqilg‘i sanoati 148 foizni, ximiya va neft ximiya sanoati 116,9 foizni va boshqa tarmoqlarda 62,1 mlrd so‘m (136,8 foiz)ni tashkil qildi.
27 ta yirik sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlaridagi ulushi 47,3 foizni tashkil qilib, unda ishlayotgan ishchilar soni 32831 nafarni (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104,7 foizni) tashkil qilmoqda. Kichik biznesning ulushi 52,7 foizga to‘g‘ri keldi.
2014 yilda o‘tkazilgan VIII Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasida ishtirok etgan hududiy korxonalar tomonidan 34951,5 mln so‘mlik 93 ta shartnoma imzolanib, o‘tgan yilga nisbatan 163 foizni tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 15 dekabrdagi qaroriga asosan viloyatda 2011−2015 yillarda sanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ta’minlash chora-tadbirlari dasturining ijrosi to‘g‘risida
Dastur doirasida 2011-2015 yillarda 216 ta loyiha kiritilib, shundan 216 tasida moliyaviy manbalari aniqlangan va amalga oshirish uchun tayyor loyihalar bo‘lib, 64 mln 921,4 ming dollar miqdoridagi investitsiyalarni jalb qilish hisobidan 3962 ta ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.
Dastur doirasida 1874,5 ming dollarlik 7 ta loyihaning amalga oshirilishi natijasida 148 ta ish o‘rni yaratildi.
Jumladan, Jomboy tumanidagi "Navruz interneshnl" qo‘shma korxonasi yillik quvvati 1,2 mln dall bo‘lgan yaxna ichimliklar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi.
Narpay tumanidagi "Zarafshon" xususiy korxonasi yillik quvvati 12 mln dona bo‘lgan pishiq g‘isht ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 24 oktyabrdagi "2014-2016 yillarda Samarqand viloyati sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi" loyihasini ma’qullash va uning ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi yig‘ilish bayoniga muvofiq, qiymati 576,6 mlrd so‘mga (sh.j. 26,1 mln dollarlik chet el investitsiyalari) teng bo‘lgan 406 ta loyihani amalga oshirish va 12366 ta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Sanoat yo‘nalishida qiymati 167,1 mlrd so‘mga teng bo‘lgan 271 ta loyihani amalga oshirish va 4463 ta ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan bo‘lib, haqiqatda qiymati 183,3 mlrd so‘m (94,5 mlrd so‘m korxonaning o‘z mablag‘i, 72,6 mlrd so‘m bank krediti va 6 mln dollar chet el investitsiyalari)ga teng bo‘lgan 297 ta loyihani amalga oshirish natijasida 6108 ta ish o‘rni yaratildi.
Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishida "SamFormat stroy" mas’uliyati cheklangan jamiyatining salqin ichimliklar ishlab chiqarishni tashkil etish (20 ta ish o‘rni), "Shamsiddin Bibixonim" mas’uliyati cheklangan jamiyatining yillik quvvati 100 tonna qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish (16 ta ish o‘rni), "Bog‘ibaland muzqaymoq" mas’uliyati cheklangan jamiyatining yillik quvvati 50 tonna muzqaymoq ishlab chiqarishni kengaytirish (30 ta ish o‘rni) tashkil etildi.
Yengil sanoat.
"Normaxmat" mas’uliyati cheklangan jamiyatining yillik quvvati 500 ming juft paypoq ishlab chiqarish (25 ta ish o‘rni), "Jumabozar Development" mas’uliyati cheklangan jamiyatining yillik quvvati 5,4 ming dona kastyum-shim (10 ta ish o‘rni), "Ozodjon Yusuf" mas’uliyati cheklangan jamiyatining yillik quvvati 100 ming dona tayyor-tikuvchilik mahsulotlari (20 ta ish o‘rni)ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalari;
Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish.
Jami 4009,1 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 115 foizga bajarildi. Shundan qishloq joylarda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 928,5 mlrd so‘mni tashkil etdi, jami xizmatlardagi ulushi 23,2 foizni tashkil qildi.
Xizmatlar sohasining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 42,4 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 1 bandga (o‘tgan yili 41,4 foiz) oshishiga erishildi.
Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturi bo‘yicha joriy yilning 3-choragida amalga oshirilgan loyihalarni tahlil qilganda, jami qiymati 77,560 mln so‘mlik mablag‘lar (8695 mln so‘mi tijorat banklari kreditlari) o‘zlashtirilishi evaziga 836 ta loyiha (reja 763 ta) amalga oshirildi, ular negizida 2854 ta ish o‘rni yaratildi.
Chakana savdo tovar aylanmasi 4277,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Aholiga pullik xizmat ko‘rsatish hajmi 1926 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Chakana tovar aylanishi aholi jon boshiga 1208,3 ming so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 199,2 ming so‘mga oshdi. Pullik xizmat ko‘rsatish hajmi aholi jon boshiga 544 ming so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 100 ming so‘mga oshdi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish
Hududiy eksport.
Eksport prognozi 275 mln 286,4 ming dollar bo‘lib, o‘tgan davr ichida hududiy eksportyor korxonalar tomonidan viloyat bojxona va statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra 142 mln 254,2 ming dollarlik (51,7 foiz) yoki prognozga nisbatan 133 mln 32,2 ming dollarga kam mahsulot va xizmatlar eksporti amalga oshirildi.
Ma’lumot uchun, viloyatda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini hisobga olgan holda viloyatning eksport hajmi 340 mln 874,7 ming dollarni va rejaga nisbatan 123,8 foizni tashkil etmoqda.
Shundan, sanoat mahsulotlari 33068,2 ming dollarni, qishloq xo‘jalik mahsulotlari 213799,3 ming dollarni va barcha turdagi xizmatlar 94007,2 ming dollarni tashkil etmoqda.
Kichik biznesni rivojlantirish
Ro‘yxatga olingan kichik biznes korxonalarining soni 15840 taga yetib, 2014 yilning mos davriga nisbatan 106,1 foizga o‘sdi. Jami ro‘yxatga olingan kichik biznes korxonalari sohalar bo‘yicha tahlil qilinganda, sanoat sohasida 3467 ta (ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning 22 foizi), qishloq xo‘jaligi sohasida 1389 ta (8,7 foiz)ni, tranport va aloqa sohasida 440 ta (2,9 foiz)ni, qurilish sohasida 1812 ta (11,4 foizni)ni, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5332 ta (33,7 foizni) va boshqa sohalarda 3370 ta (21,3 foiz)ni tashkil etdi.
Kichik biznes subyektlari hamda kichik tadbirkorlarga 1697 ta (151 ming kv.m) faoliyat ko‘rsatmayotgan bo‘sh turgan maydonlar ijaraga berildi.
Kichik biznes subyektlariga 765,3 mlrd so‘m miqdorida kreditlar ajratildi. Shu jumladan, qisqa muddatli kreditlar 244,9 mlrd, uzoq muddatli kreditlar 520,4 mlrd so‘m miqdorida berildi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida kichik biznes subyektlarining sanoat mahsulotlaridagi ulushi 50,2 foizni, qishloq xo‘jalik yalpi mahsulotidagi ulushi 98,9 foizni, qurilish ishlarida 94,3 foizni, chakana savdo aylanmasida 70,6 foizni va aholiga pulli xizmat ko‘rsatish 56,7 foizni tashkil qildi.
IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISH
Demografiya.
2015 yilning 1 oktyabr holatiga viloyatda doimiy aholi soni 3565,6 ming kishini tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 foizga oshgan.
Umumiy aholidan 1354,9 ming kishi (38 foiz) shaharlarda, 2210,7 ming kishi (62 foiz) qishloq joylarida istiqomat qiladi.
Viloyatda mehnat resurslari 2028,6ming kishini tashkil etadi. Mehnatga layoqatli aholi 2020,3 ming kishini, iqtisodiyotda band aholi 1438,9 ming kishini tashkil etdi.
“Aholini ish bilan ta’minlash” hududiy dasturiga asosan 2015 yilning to‘qqiz oyi davomida shahar, tuman bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga 31,2 ming kishi ish so‘rab murojaat qilib, dasturda belgilangan topshiriq 97,9 foizga bajarildi. Aholini ishga joylashtirish bo‘yicha topshiriq 101,4 foizga bajarilib, 30,3 ming kishi ishga joylashtirildi, 487 kishi qayta o‘qitildi. Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga 916 kishi jalb qilindi. Bo‘sh ish o‘rinlari soni 4768 tani tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014 yil 13 noyabrdagi “2015 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi to‘g‘risida”gi qarorining Samarqand viloyatida 2015 yilning to‘qqiz oyi davomida bajarilishi haqida
MA’LUMOT
Viloyatda 72,6 mingta ish o‘rinlari yaratilib, belgilangan topshiriq 101,4 foiz (qishloq joylarda 58,8 ming ish o‘rni, 101,6 foiz)ga bajarildi.
Aholi bandligini oshirish uchun maqsadli dasturlarga muvofiq tashkil etilgan ish o‘rinlari 11,9 mingta (jami yaratilgan ish o‘rinlariga nisbatan 16,5 foiz), shundan sanoatda 4,5 mingta (6,2 foiz), xizmat ko‘rsatish va servis sohasida 2,8 mingta (3,9 foiz), qishloq xo‘jaligi sohasida 1,8 mingta (2,9 foiz), ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash hisobiga 2,8 mingta (3,9 foiz).
Kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil etish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar hisobiga 19,7 mingta (27,1 foiz), yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 8,8 mingta (19,7 foiz), uy mehnatining barcha shakllarini tashkil etish hisobiga 16,3 mingta (22,4 foiz), dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish hisobiga 15,9 mingta (21,9 foiz) ish o‘rinlari yaratildi.
Sog‘liqni saqlash
Viloyatda bozor munosabatlarining chuqurlashuvi jarayonida sog‘liqni saqlash, halq ta’limi, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, madaniyat va sport sohalarining rivojlanishi borasida muayyan ishlar olib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 28 noyabrdagi "2014-2018 yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar va bolalar, o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi davlat dasturi to‘g‘risida"gi qarori asosida bir muncha ishlar amalga oshirildi.
Viloyat aholisiga 44 ta 11,6 ming o‘rinli shifoxona, 420 ta bir smenada 31,3 ming qatnovga ega ambulatoriya-poliklinika muassasalarida 7699 vrachlar, 27265 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Shifoxonalarda 10 ming aholiga to‘g‘ri keladigan bemorlar o‘rni 32,5 tani tashkil etdi. Ambulatoriya poliklinikalarda 10 ming kishiga qatnov 88,4 ming kishini, vrachlar bilan ta’minlanish darajasi 21,7 tani, o‘rta tibbiyot xodimlari bilin ta’minlanish darajasi esa 77 tani tashkil etmoqda.
Viloyatda ona va bola salomatligini mustahkamlash borasida 4 ta tug‘ruq kompleksi, bolalar salomatligini muhofaza qilishda viloyat ko‘p tarmoqli bolalar markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy–amaliy markazining Samarqand filiali, bolalar xirurgiya shifoxonasi, shahar bolalar shifoxonasi, 4 ta bolalar poliklinikasi, 4 ta oilaviy poliklinika, tuman markaziy shifoxonalarining bolalar bo‘limlari va 358 ta qishloq vrachlik punktlari namunali tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.
Hisobot davrida 8262,2 ming aholiga 24527,2 mln. so‘m miqdorda pullik meditsina xizmati ko‘rsatildi.
Uzluksiz ta’limnirivojlantirish
O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlarning bajarilishi bo‘yicha viloyatda bir muncha ishlar amalga oshirildi.
Maktabgacha ta’lim
2015 yilning 20 sentyabr holatiga viloyatda 64,6 ming o‘rinli 564 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida 63,8 ming bola tarbiyalanmoqda.
1 ta maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya qilinmoqda, 22 tasi kapital ta’mirlanib, joriy yilning 4-choragida foydalanishga topshiriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim
Viloyatning 1230 ta umumta’lim maktabida 541,6 ming o‘quvchiga 47,5 ming nafar o‘qituvchi ta’lim-tarbiya bermoqda. O‘quvchilarning 73,7 foizi birinchi smenada o‘qimoqda.
Umumta’lim maktablarining birinchi sinflariga 72738 nafar bola qabul qilinib, Prezident sovg‘alari va darsliklar bilan ta’minlandi.
2014-2015 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining 9-sinfini 54703 nafar o‘quvchi tugatdi. Ulardan 3004 nafari akademik litseylarga, 51606 nafari kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilindi.
44 ta 7714 o‘quvchi o‘rinli umumta’lim maktablari rekonstruksiya qilinib, 5 ta 3060 o‘quvchi o‘rinli maktab kapital ta’mirlanadi. 40 ta sport zali qurildi.
Maktabdan tashqari ta’lim
O‘sib kelayotgan avlodning ijodiy qobiliyatini aniqlash va rivojlantirish, o‘quvchilar bo‘sh vaqtidan oqilona foydalanish uchun viloyatda 26 ta bolalar musiqa va san’at maktablari, 51 ta bolalar va o‘smirlar sport maktablari, 17 ta “Barkamol avlod” ijodiyot markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi
14 ta 9195 o‘quvchi o‘rinli akademik litsey va 161 ta 108469 o‘quvchi o‘rinli kasb-hunar kollejlari mavjud. Ushbu o‘quv yurtlarida 173,8 ming o‘quvchi ijtimoiy, gumanitar, iqtisodiy, tibbiyot, qurilish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, maishiy xizmat ko‘rsatish va servis yo‘nalishidagi 110 ta mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olmoqdalar. 935 nafar oliy ma’lumotli o‘qituvchi, 11 018 nafar o‘qituvchi va 1582 nafar ishlab chiqarish ustalari ularga ta’lim berib, kasb-hunar sirlarini o‘rgatmoqdalar.
2014-2015 o‘quv yilida akademik litseylarni 4041 o‘quvchi bitirib, 987 nafari oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirdi. 58086 nafar kasb-hunar kollejlari bitiruvchilaridan 39831 nafari ishga joylashtirildi, 606 nafari oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirdi.
5 ta kasb-hunar kolleji rekonstruksiya qilindi, 11 tasi kapital ta’mirlandi.
Oliyta’lim
2015-2016 o‘quv yilida 6 ta oliy o‘quv yurti va 2 ta oliy o‘quv yurti filialiga 5523 nafar talaba qabul qilindi. Shundan bakalavriaturaga 5151, magistraturaga 372 nafar talaba qabul qilindi.
2013-2014 o‘quv yilida oliy o‘quv yurtlarini 5919 talaba tugatdi.Ularning 1834 nafari grant asosida talim oldi. Bitiruvchilarning 5031 nafari ishga joylashgan: bakalavriatdan 4508 nafar, magistraturadan 523 nafar.
Sport sohasida
Viloyatda 1493 ta jismoniy tarbiya va sport jamoalari bo‘lib, ularda 141ming yigit va qizlar jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanib, sportning 48 turi bo‘yicha bolalar va o‘smirlar sport maktablari va sport inshootlarida 5484 nafar mutaxassislar va murabbiylar mashg‘ulot olib bormokda.
Bugungi kunda 5063 ta sport inshooti ishlab turipdi. Shundan 869 ta sport zali, 56 ta stadion, 12 ta suzish basseyni, 1024 ta basketbol, 1270 ta voleybol, 768 ta gandbol, 22 ta tennis korti va 767 ta futbol maydonchalaridir.
52 ta bolalar va o‘smirlar sport maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 5 tasi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, 44 tasi xalq ta’limi boshqarmasi, 1 tasi “Dinamo” PFK tasarrufida. Samarqand va Tayloq Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Samarqand viloyatida 2015 yilning yanvar-sentyabr oylari yakunlari bo‘yicha iqtisodiy islohotlar borishi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari (PDF formatda, 961 Kb)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 15
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.