w w w . s a m a r k a n d . u z

Umumiy ma’lumotlar

Umumiy ma’lumotlar

Samarqand viloyati haqida umumiy ma’lumotlar

                                                                                                 2018-yil 1-yanvar holati

TARIXI

Tashkil topgan vaqti – Miloddan avvalgi VI asr.

Samarqand – qadimiy shahar, viloyat va tuman shu nom bilan atalgan. Tarixchilar bu shaharni Vavilon, Fiva, Afina, Rim va boshqa shu kabi shaharlar bilan tengdosh hisoblashadi. Toponimning etimologiyasi haqida turli qarashlar bor. Tadqiqotchilarning qariyb barchasi toponimning ikkinchi qismini turkiycha – kent, – qand, ya’ni qishloq, shahar deb hisoblaydilar.

Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ullar Samarqandni shu darajada vayron qilganki, uni qayta tiklashning iloji bo‘lmagan.

Sohibqiron Amir Temur 1370-yilda Samarqandni o‘z davlatining poytaxti qilib tanlar ekan, qadimgi Samarqand – Afrosiyobni qayta tiklashdan ko‘ra, yangi shaharni bunyod etishni ma’qul topdi. Afrosiyob xarobalari qayta tiklanmadi, balki uning janubiy tomonida yangi shahar barpo qilishga kirishildi. Shu tufayli Samarqand ikki tarixiy o‘ringa ega shahar sifatida mashhurdir.

Amir Temur Samarqandda bir-biridan go‘zal, betakror obidalar - jome’ masjidi, Ko‘ksaroy, Bo‘stonsaroy, Amir Temur, Shohizinda kabi maqbaralarni bunyod etdi va atrofida bir-biridan go‘zal, bahavo, xushmanzara 12 bog‘-saroyni yaratdi.

Amir Temur ilm-fan, san’at va madaniyatga chin ma’noda xomiylik qilganligi tufayli Samarqandda me’morchilik, she’riyat, ilm-fan, monumental rangtasvir, manzarali rangtasvir, to‘qimachilik san’ati, naqqoshlik, kandakorlik, toshtaroshlik, shishasozlik, kulolchilik g‘oyatda rivojlandi.

XIV–XV asrlarda Samarqand Turonning eng ulug‘ daholari uchun ijodiy laboratoriya vazifasini ham bajardi. Samarqandda insoniyat madaniyati tarixidagi eng nodir hodisa, Renessans – Uyg‘onish jarayoni boshlandi va rivojlandi. Samarqandda tug‘ilgan "Temuriylar Renessansi" quyosh kabi porlab, Sharq va Farb mamlakatlariga tarqalib ketdi.

Samarqandda Amir Temur va Mirzo Ulug‘bek davrida porlagan ilm-fan, san’at-madaniyat mayog‘i hozirgi Eron, Hindiston, Xuroson, Turkiya hududida ham ilm-fanning rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahri betakror sharqona qiyofasi, boy tarixi, har qanday odamni hayratga soladigan noyob obidalari bilan sayyoramizning turli o‘lkalarida afsonaviy shahar sifatida mashhur bo‘ldi, Rim bilan bir qatorda turadigan “abadiy shahar” degan nom bilan Sharq gavhariga, bugun jahon ahlining albatta kelib ko‘rishi shart bo‘lgan 50 ta shaharning biriga aylandi.

Birinchi Prezidentimizning tashabbusi bilan mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Samarqand viloyati har tomonlama obod qilinib, butun jahondan keladigan mehmon va sayyohlarning havasini tortmoqda. Imom Buxoriy majmuasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, bunday muqaddas qadamjolarning yanada obod bo‘lgani ko‘pgina musulmon mamlakatlari davlat arboblari va jamoatchiligi, minglab ziyoratchilarning yuksak e’tibori va hurmatiga sazovor bo‘lmoqda.

Eng muhimi, mustaqillik yillarida Samarqanddagi tarixiy obidalar o‘zining ikkinchi umrini boshladi, obidalar qayta rekonstruksiya qilinib, atrofi obodonlashtirildi, bir qancha bog‘lar va favvoralar qurildi, yo‘laklar kengaytirilib, sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.

Bu xayrli ishlar bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida tizimli ravishda davom ettirilmoqda. 

 

RAQAMLARDA

 

Markazi: Samarqand shahri.

Tashkil topgan: 1938-yil 15-yanvar.

Maydoni: 16,8 ming km2. Jami ekin maydoni – 432 ming gektar, shundan sug‘oriladigan yer maydoni 249 ming, lalmi yer maydoni – 183 ming gektar.

Bog‘lar: – 29 ming, Uzumzor: – 30 ming, Tomorqa yer maydoni: – 86 ming ga.

Chegara: Jizzax - 180 km, Navoiy - 285 km, Qashqadaryo - 200 km viloyatlari hamda Tojikiston Respublikasi - 53,2 km.

Aholi soni: 3685,7 ming.kishi. Mehnatga layoqatli: 2070,3ming kishi. Millatlar tarkibi: o‘zbeklar 88 foiz, ruslar 1,3 foiz, tojiklar 7,4 foiz, qozoqlar 0,1 foiz, boshqalar 3,2 foiz.

Oliy ta’lim muassalari soni: 7 ta

Kasb-hunar kollejlari va akademik letseylar soni: 175 ta

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari soni: 1200 ta

Maktabgacha ta’lim muassasalari soni: 555 ta

Sanoat korxonalari soni: 3943 ta. Shundan yirik sanoat korxonalari – 34 ta,

Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni 291 ta (Xitoy-37 ta, Turkiya-34 ta, Rossiya-28 ta, Buyuk Britaniya-14 ta, Birlashgan Arab Amirliklari-12 ta, Janubiy Koreya-11 ta, Eron-8 ta), AQSh va Germaniya-6 tadan). Ular tomonidan 2017-yilda 95 mln. dollarlik mahsulot va xizmatlar eksporti amalga oshirildi

 

ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‘RSATKIChLAR

 

2017-yil yakuni bilan

Yalpi hududiy mahsulot: 18,3 trln. so‘m

Aholi jon boshiga YaHM: 4 mln 970 ming so‘m. YaHM tarkibi: qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari 32,2 foiz; sanoat (qurilish qo‘shilgan holda) 24,5 foiz; xizmatlar 45,1 foiz.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi:         9,2    trln. so‘m

Iste’mol tovarlari:                                                   5, 6   trln. so‘m

Hududiy sanoat:                                                           4,3    trln. so‘m

Qishloq xo‘jalik mahsulotlari:                                9,1    trln. so‘m

Qurilish:                                                                      2,3    trln. so‘m

Chakana savdo aylanmasi:                                             9       trln. so‘m

Jami xizmatlar hajmi:                                              8,2    trln. so‘m

 

KICHIK BIZNES

 

Kichik biznes sub’ektlari soni: 17220 ta

 

Iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi:

Yalpi hududiy mahsulotda: 70,5 foiz;

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda: 55 foiz;

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda: 98,8 foiz;

Chakana savdo aylanmasida: 93 foiz;

Jami xizmat ko‘rsatishda: 76,5 foiz;

Iqtisodiyotda band aholining kichik biznesdagi ulushi: 84,2foiz.

 

TURIZM

 

Samarqand – O‘zbekistonning boy sayyohlik salohiyatiga ega bo‘lgan hududlaridan biri. Geografik jihatdan joylashuvi, tabiiy va madaniy resurslarga boyligi bilan yetakchi o‘rinni egallaydi.

Viloyat hududida 1105 arxeologik, 670 me’moriy, 37 diqqatga sazovor joy, 18 monumental, 21 memorial – jami 1851 ta moddiy-madaniy meros ob’ektlari mavjud.

Samarqand shahrining tarixiy qismi 2001-yilda YuNESKOning Butunjahon merosi ob’ektlari ro‘yxatiga “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” nomi bilan kiritilgan va muhofazaga olingan.

Viloyatda turistik xizmatlar bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan 85 ta turistik firma, 107 ta mehmonxona faoliyat ko‘rsatadi. Bir vaqtning o‘zida ular tomonidan 4500 ga yaqin sayyohga xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud.

Viloyatda tarixiy-madaniy, eko va agro, gastronomik, ekstremal va boshqa turizm yo‘nalishlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, ziyorat turizmi yo‘nalishida juda katta salohiyatga ega hisoblanadi.

Bu borada musulmonlar ziyorat qilishi lozim bo‘lgan bir qancha Islom dini va ta’limoti vakillari, silsilai oliyga mansub avliyolar va boshqa ulug‘ zotlarning maqbaralari Samarqandda joylashgan. Xususan, Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi muqaddas kitob muallifi Imom Buxoriy, duyondagi eng katta kalom maktalaridan biri “motrudiya” kalomi asoschisi Imom Motrudiy, Silsilai oliyga mansub Xo‘ja Ahrori Valiy, Payg‘ambarimiz amakivachchasi Qussam Ibn Abbos (Shohizinda majumasida) va boshqa ulug‘ zotlar maqbaralari shular jumlasidandir.

Ushbu ziyoratgohlar sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan qadamjolar hisoblanadi. Masalan, Imom Buxoriy va Shohizinda majmualarini joriy yilda 1 mln. 200 mingga yaqin sayyoh ziyorat qilgan.

 

XOMASHYO RESURSLARI

 

Noruda tabiiy boyliklar

 

Sement: 288 mln. tonna,

Marmar: 167,9 mln.m.kub

Granit: 68 mln.m.kub

Ohak: 69,8 mln.tonna

Gips va bo‘r: 14,1 mln.tonna

Keramik g‘isht: 36,1 mln.m.kub

Qum-shag‘al: 167,9 mln.m.kub xomashyo resurslari mavjud.

 

2018-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilishi va ishlatilishi

 

Paxta: 205 ming tonna

G‘alla: 337 ming tonna

Pilla: 2790 tonna.

Meva-sabzavotlar 3809 ming tonna (sabzavot 1 ming 888 ming tonna, poliz mahsulotlari 140 ming tonna, uzum 636 ming tonna, meva 446 ming tonna, kartoshka 697 ming tonna) yetishtiriladi.

Shundan, meva-sabzavot mahsulotlarining 479 ming tonnasi sanoat usulida qayta ishlanadi, 183 ming tonnasi eksportga chiqariladi.

 

Ma’lumot uchun:

Qayta ishlovchi korxonalar soni: 54 ta, quvvati 508 ming tonna.

Muzxonalar soni: 123 ta, sig‘imi 102 ming tonna.

Zamonaviy issiqxonalar soni: 67 ta, maydoni 84 gektar.

Intensiv bog‘lar: 130 ta, maydoni 12 ming gektar.

 

EKSPORT

2017-yilda 194 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.

Sanoat mahsulotlari eksporti hajmi: 64 mln. dollar.

Qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi: 130 mln. dollar.

Eksport geografiyasi: eksport bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 259 tani tashkil etadi, 40 dan ortiq davlatlarga eksport qilinmoqda. Eksport geografiyasi 2017-yilda 7 ta davlatga kengaydi. (Janubiy Afrika, Yaponiya, AQSh, Ispaniya, Avstriya, Isroil, Shri-Lanka).

 

XORIJIY INVESTORLARGA YaRATILGAN QULAYLIKLAR

 

  1. Valyuta bozori liberallashtirildi. Bu esa har bir investor o‘z daromadini hoxlagan chet el valyutasida konvertatsiya qilib, olib ketish imkonini beradi.

 

  1. Soliq to‘lovlaridan berilgan imtiyozlar:

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;

Mol-mulk solig‘i;

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;

Yagona soliq to‘lovi;

Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilgan.

Ushbu soliq imtiyozlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning hajmi quyidagilarga teng bo‘lganda taqdim etiladi:

300 ming dollardan 3 million dollargacha va 3 million dollar bo‘lganda - 3 yil muddatga;

3 milliondan ortiq dollardan 10 million dollargacha va 10 million dollar bo‘lganda - 5 yil muddatga;

10 million dollardan ortiq bo‘lganda - 7 yil muddatga.

 

  1. Viloyatda “Urgut Erkin iqtisodiy zonasi” tashkil etilgan bo‘lib, 816 gektar yer maydoni ajratilgan.

Ushbu Erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchilari qo‘yidagilardan:

yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslar mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi, shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalaridan;

mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha chetdan keltiriladigan qurilish materiallarini bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno);

o‘zining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan keltiriladigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlarni bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno).

Ushbu imtiyozlar kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yil muddatgacha, jumladan:

300 ming dollardan 3 million dollargacha hajmdagi investitsiyalar - 3 yil muddatga;

3 million dollardan 5 million dollargacha hajmdagi investitsiyalar - 5 yil muddatga;

5 million dollardan 10 million dollargacha hajmdagi investitsiyalar - 7 yil muddatga;

10 million va undan ko‘p AQSh dollari hajmidagi investitsiyalar so‘nggi 5 yilda amaldagi stavkalardan 50 foiz kam hajmdagi daromad solig‘i va yagona soliq to‘lovi stavkalari qo‘llangan holda 10 yil muddatga beriladi.

 

  1. Viloyatda 17 ta (Samarqand shahrida 2 ta, shahar va tumanlarda bittadan)kichik sanoat zonalari tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi qarori bilan kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga quyidagi imtiyozlar berilgan:

Kichik sanoat zonalari (keyingi o‘rinlarda KSZ)da qatnashuvchi tashkilotlar, shu jumladan, yangi barpo etilayotgan tashkilotlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektni KSZ hududida joylashtirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i va foyda solig‘i to‘lashdan, shuningdek, yagona soliq to‘lovi (soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi qo‘llanayotgan sub’ektlar uchun) to‘lashdan ikki yil muddatga ozod qilingan;

ushbu imtiyozlarning amal qilishi ishlab chiqarilgan mahsulot umumiy hajmining kamida 30 foizi eksportga sotilgan taqdirda qo‘shimcha ravishda ikki yilga uzaytiriladi.

 

XORIJIY INVESTITSIYaLARNI JALB ETISh

 

Viloyatda "Samarqand avtomobil zavodi" (Yaponiya), "JV MAN Avto" (Germaniya), "UrgGazKarpet" (Turkiya), "Daka teks" (Rossiya) va "SamAntepGilam" (Turkiya) kabi yirik qo‘shma korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Samarqand viloyatida 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan qiymati 408 mln. dollarlik (shundan 366 mln. dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri) xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqildi. Dasturga asosan, 50 ta loyiha bo‘yicha 2018-yilda qiymati 295,7 mln. dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishi belgilangan. Shundan 25 ta (qiymati 188,4 mln. dollarlik) loyihalar bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan dastlabki kelishuvlarga erishildi. Qolgan 25 ta (qiymati 107,3 mln. dollarlik) loyihalar bo‘yicha xorijiy hamkorlarni aniqlash yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

Ushbu loyihalarning 9 tasi Xitoy, 3 tasi Turkiya, 2 tadan AQSh, Chexiya Rossiya va Qozog‘istonga, bittadan loyihalar Germaniya, Ozarbayjon, Janubiy Koreya, JAR, Eron davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

 


Oxirgi o‘zgarish: 21/10/2023 11:26.   Ko‘rilganligi: 5578
 
Material manzili: https://samarkand.uz/about_region/general_information

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.