w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat Kengashi sessiyasida

Viloyat Kengashi sessiyasida

Deputatlar Samarqand viloyatini 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi loyihasini muhokama qildi.

Strategiyaga muvofiq, viloyatda 2030-yilga qadar hududiy yalpi mahsulot hajmini 20,5 milliard AQSH dollariga, ya’ni 2,0 baravar oshirilishi, aholi jon boshiga YAHM 5,3 ming AQSH dollariga yetkazilishi belgilangan.

Bunda, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 barobarga oshirilib, 115,0 trln so‘mga, xizmatlar hajmi 2,0 baravar ko‘paytirilib, 150,0 trln so‘mga, qurilish ishlari hajmi 1,9 baravarga orttirilib, 36,9 trln so‘mga yetkaziladi.

Mutloq kambag‘allikka barham berilib, ishsizlik darajasi 4 foizga qisqartiriladi, aholi daromadlari va mehnat unumdorligi izchil oshiriladi.


Oxirgi o‘zgarish: 29/07/2026 11:17.   Ko‘rilganligi: 62
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/viloyat-kengashi-sessiyasida32

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing