w w w . s a m a r k a n d . u z

"Samarqand mayizi" geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

"Samarqand mayizi" geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Qo‘shrabot tumanida ilk bor o‘tkazilgan “Mayiz sayli”da Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev, qator tashkilot va idoralar vakillari, xorijiy va mahalliy sayyohlar, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Sayl doirasida qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmalari, mayizchilik yo‘nalishidagi konferensiya va anjumanlar tashkil etildi.

Saylning ochilish marosimida so‘zga chiqqan viloyat rahbari Adiz Boboyev Samarqand mayizining dovrug‘i, xalqimizning bog‘dorchilik an’analarini asrab-avaylash, serhosil, mayizbop uzum navlarini yetishtirish, tokzorlarni sug‘orish tizimini yaxshilash, aholi turmush sharoitlarini yanada yaxshilash borasidagi ishlar haqida gapirdi.

Tadbirda qayd etilganidek, o‘tgan yili viloyatimiz bog‘bonlari 663 ming tonna uzum hosili yetishtirgan bo‘lsa, joriy yil bu raqam 700 ming tonnani tashkil etishi kutilmoqda. Yilning birinchi yarmida viloyatimizda 2 ming tonna uzum va 34.2 ming tonna mayiz mahsuloti eksport qilingan.

Bugungi kunda Qo‘shrabot tumanidagi tomorqa va dehqon xo‘jaliklarining 7 ming gektardan ortiq yer maydonida uzum yetishtirilamoqda. Ushbu bog‘ va tokzorlardan har yili 50-55 ming tonna hosil olinadi va uning katta qismi mayiz qilinadi.

"Mayiz sayli" festivalida Adliya vaziri Akbar Toshqulov ham ishtirok etib, viloyat rahbari Adiz Boboyevga "Samarqand mayizi" geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi

hamda Qo‘shrabot tumani hokimiga

"Qo‘shrabot mayizi" tovar belgisi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi hujjatlarni topshirdi.

"Mayiz sayli-2025" festivalida faol qatnashgan tumanlardan kelgan fermer va dehqonlar, tomorqa xo‘jaliklari vakillariga turli nominatsiyalar bo‘yicha viloyat hokimligining tashakkurnomalari topshirildi.


Kiritilgan vaqti: 04/10/2025 16:25.   Ko‘rilganligi: 23
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-mayizi-geografik-korsatkich-sifatida-davlat-royxatidan-otkazildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing