w w w . s a m a r k a n d . u z

FIA prezidenti Samarqandda

FIA prezidenti Samarqandda

FIA-2024 konferensiyasi ilk bor Markaziy Osiyoda - Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Mazkur konferensiya va boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun bugun FIA prezidenti Muhammad ben Sulayem Samarqandga tashrif buyurdi. Samarqand xalqaro aeroportida mehmonni respublika va viloyat mas'ullari kutib olishdi.

Konferentsiya doirasida FIA 2024-yilning navbatdan tashqari Bosh Assambleyasi bo'lib o'tadi. Bu yilgi Bosh Assambleya FIAning 120 yilligiga bag'ishlangan. 

Tadbir “Ipak yoʻli” turistik majmuasining kongress markazida boʻlib oʻtadi, unda 147 mamlakatdan 500 dan ortiq delegatlar qatashishadi.

FIA - Xalqaro avtomobil federatsiyasi (Fédération Internationale de l'Automobile) 1904-yilda tashkil etilgan. Besh qit'aning 147 mamlakati a'zo bo'lgan Federatsiya global avtosportni boshqaruvchi organi va dunyodagi yetakchi mobillik tashkilotlari federatsiyasi hisoblanadi.


Oxirgi o‘zgarish: 10/06/2024 08:04.   Ko‘rilganligi: 130
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/fia-prezidenti-samarqandda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.