w w w . s a m a r k a n d . u z

Nurobod tumanidagi aholi punkti nomini o‘zgartirish to‘g‘risida

Nurobod tumanidagi aholi punkti nomini o‘zgartirish to‘g‘risida

.

O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4 va 9-moddalariga muvofiq Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha viloyat komissiyasining 2024-yil 21-noyabrdagi yig‘ilish bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024-yil 10-dekabrdagi (03/08-11821-son) ekspertiza xulosasini inobatga olib, xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, oltinchi sessiyasi

QAROR QILADI:

  1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha viloyat komissiyasining 2024-yil 21-noyabrdagi yig‘ilish bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024-yil 10-dekabrdagi (03/08-11821-son) ekspertiza xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Nurobod tumanidagi aholi punkti nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklif ilovaga muvofiq maqullansin.
  3. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi (Sh.Yuldashev), viloyat Statistika boshqarmasi (Sh.Abdiyev), Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi (M.Quvondiqov), Nurobod tumani hokimligi (S.Berdiqulov) mazkur qaror ilovasida ko‘rsatilgan aholi punkti nomini belgilangan tartibda statistik hisobotlarda aks ettirilishini va ish yuritish hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.
  4. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi (R.Mamatov), Nurobod tumani hokimligi (S.Berdiqulov) oʻzgartirilgan aholi punktiga aholini ro‘yxatga qo‘yish hamda tegishli yo‘l belgilarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
  5. Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi (M.Quvondiqov) Nurobod tumani hokimligi (S.Berdiqulov) bilan birgalikda oʻzgartirilgan aholi punktiga belgilangan tartibda zamonaviy talablar asosida peshlavha va ko‘rsatkich belgilarini o‘rnatilishini ta’minlasin.
  6. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi (M.Mirzayev), viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” MChJ (N.Norbekov) mazkur qarorni “Zarafshon”, “Самаркандский вестник”, “Овози Самарқанд” gazetalarida chop etilishini hamda Lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga o‘rnatilgan tartibda joylashtirilishini ta’minlasin.
  7. Viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Sh.Temirov) mazkur aholi punktlari nomlarni 10 kun muddatda davlat reyestri bazasiga kiritish choralarini koʻrsin.
  8. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya (Sh.Djurakulov) va viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Sh.Temirov) zimmasiga yuklansin.

 

Kengash raisi                                             Sh.Negmatov

Samarqand  shahri, 2025-yil 29-yanvar VII-6-9-7-0-K/25

Qarorni yuklab olish (PDF 87 KB)


Kiritilgan vaqti: 06/02/2025 15:41.   Ko‘rilganligi: 63
 
Material manzili: https://samarkand.uz/nurobod-tumanidagi-aholi-punkti-nomini-ozgartirish-togrisida

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing