Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar, aziz samarqandliklar!
Viloyatimizning Qishloq xo‘jaligi sohasida o‘tgan 6 oy yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berib o‘taman.
Birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 18,3 trln.so‘m, 104,2% ni YHM ulushi 28,6%, aholi jon boshiga 4,3 mln. so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkichlar erishishida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 500 ming tn sabzavot, 320 ming tn kartoshka, 110 ming tn meva, 15 ming tn poliz; 12 ming tn uzum va 15 ming tn dukkakli don mahsulotlari;
150,6 ming tn go‘sht, 686 ming tn sut, 526 mln dona tuxum va 2,7 ming tn baliq mahsulotlari yetishtirildi. Bundan tashqari,
G‘allachilik bo‘yicha
2024-yil hosili uchun 94,2 ming gektarga boshoqli don ekilib, 820 ming tonna hosil yetishtirilib, o‘rtacha hosildorlik 87,1 s/ga yetkazildi. (O‘tgan yilga nisbatan 13,3 sentner ko‘p)
Joriy yilda 282 ta (6,1%) fermer xo‘jaligi 100 sentnerdan yuqori, 770 ta (16,6%)
90-100 sentnergacha, 3 175 ta (68,4%) 70-90 sentnergacha hosil olinib, birinchi marta
100 sentnerchilar kulubi paydo bo‘ldi.
Yerlarni o‘zlashtirish bo‘yicha
Viloyatda bugungacha jami 41,2 ming gektar yer maydoni foydalanishga kiritildi, 2024-yilda 20 ming gektar yerlar o‘zlashtirilib, 24,7 mingta ish o‘rini yaratilishi rejalashtirilgan.
Shundan, o‘tgan 6 oylikda 175 ta yerdan foydalanuvchilar tomonidan 9,7 ming gektar yerlar o‘zlashtirilib, 2 300 dan ortiq ish o‘rinlari yaratildi.
Yomg‘irlatib va tomchilatib sug‘orish texnalogiyasini joriy qilgan holda “Metin gurop impekis” MChJ tomonidan 1 027 gektar lalmi yer maydonlari o‘zlashtirilib, 60 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. “Sarikul Mega Agro” MChJ da qiymati 10 mln.dollar bo‘lgan loyiha amalga oshirilib, 1 450 gektar yer maydoni o‘zlashtirildi hamda 450 ta ish o‘rinlari yaratildi.
Bog‘dorchilik va uzumchilik bo‘yicha.
28 ming gektar bog‘larning 21 ming gektari, 75 foiz intensivlashgan.
Keyingi 4-yilda 27,3 ming gektar tokzorlar va 15,3 ming gektar bog‘lar barpo etildi, jumladan, 2024-yil o‘tgan 6 oy davomida 5,6 ming gektar bog‘ va 4,2 ming gektar tokzorlar barpo etildi.
Dehqon xo‘jaliklariga yer ajratish bo‘yicha.
Bugungacha 73,6 ming nafar fuqarolarga 24,5 ming gektar yer maydonlari ajratilib berildi. Joriy yilning o‘tgan 6 oy davomida 20,2 mingta ishsizlarga 8,3 ming gektar yer maydonlari ajratildi.
Ushbu yerlardan yiliga 2-3 marta hosil olish hisobiga jami 661 ming tonna mahsulot yetishtiriladi.
Chorvachilik bo‘yicha
2024-yilda chorvachilik yo‘nalishida 82 ta 600,7 mlrd. so‘mlik loyihalar shakllantirilib, 20,5 ming bosh naslli qoramollar va 3 700 bosh naslli qo‘ylar tashkil etilishi belgilangan. Shundan, o‘tgan 6 oy davomida qiymati 126,4 mlrd so‘mlik 45 ta loyihalar amalga oshirildi hamda 2 463 bosh naslli chorva mollari va 1 700 bosh naslli qo‘ylar olib kelindi.
Natijada go‘sht ishlab chiqarish hajmi 339,5 ming tonnaga yetkazilib, aholining go‘shtga bo‘lgan talabi 223,1 foizga, sut ishlab chiqarish hajmi 1,5 mln tonnaga yetkazilib, aholini sut mahsulotlariga bo‘lgan talabi 136,0 foizga yetkazildi.
Misol uchun, Toyloqdagi “Siyob Shavkat Orzu“ f/x tomonidan qiymati 23 mlrd so‘mlik chorvachilikni kengaytirish loyihasi amalga oshirilib, 300 bosh naslli chorva mollari olib kelindi.
Parrandachilik bo‘yicha
Viloyatda 15,3 mln. bosh parrandalar mavjud bo‘lib, 2024-yilda parrandachilikni rivojlantirish dasturlari doirasida qiymati 62 mlrd so‘mlik 15 ta loyihalar shakllantirildi hamda o‘tgan 6 oy davomida qiymati 49 mlrd so‘mlik 12 ta loyihalar amalga oshirilib, parrandalar bosh soni 1 mln boshga ko‘paytirildi.
Misol uchun, Nurobodda “Sazag‘an Broler” MChJ qiymati 6,5 mlrd. so‘mlik, 190 ming bosh tuxum yo‘nalishidagi ona tovuqlar hamda yillik 2 mln. bosh naslli jo‘ja yetishtirish yo‘nalishida yirik parrandachilik kompleksi ishga tushirildi.
Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida yil yakuniga qadar 1,5 mlrd. dona tuxum va
159,8 ming tonna parranda go‘shti yetishtirilib, aholining tuxumga bo‘lgan talabi 167 foizga, parranda go‘shtiga bo‘lgan talabi 200 foizga ta’minlanadi, 39,0 mln. dollarlik parranda va parrandachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilishiga erishiladi.
Ish o‘rinlari bo‘yicha
Qishloq xo‘jaligi sohasida 600 mingdan ortiq aholi band qilingan. 2024-yilda 146,1 ming ta (14,8 ming doimiy va 131,3 ming mavsumiy) ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan. O‘tgan 6 oy davomida 83,0 ming ta shundan 10,3 ming nafar doimiy va 12,7 ming mavsumiy ish o‘rinlari yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 11
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.