.
Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1326-sonli qarori ga muvofiq, viloyat Bozorlar va savdo komplekslari uyushmasining 2022 yil 7 yanvardagi (1-son) murojaati, viloyat Moliya bosh boshqarmasining 2022 yil 1 fevraldagi
(01/02-38/115-son) va Davlat soliq boshqarmasining2022 yil 29 yanvardagi (20/5-05494-son) xulosalariga asoslanib,
QAROR QILAMAN:
Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar miqdorlari 1-ilovaga;
Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan bino, inshootlar va inventarlarni ijaraga berish va ko‘rsatiladigan majburiy xizmatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning miqdorlari 2-ilovaga;
Bozor va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan maxsus ajratilgan joylarda og‘ir va katta o‘lchamdagi qurilish materiallarini sotish uchun to‘lovlarning miqdorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
bozorlar va savdo komplekslaridan tushadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini belgilangan tartibda to‘liq undirilishini;
yangi tasdiqlangan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati miqdorlari haqida viloyatdagi barcha bozorlar va savdo komplekslari, sotuvchi va xaridorlar etiboriga yetkazilishi, bu haqidagi malumotlarni barcha ko‘rinarli joylarga joylashtirilishi xamda amalda tatbiq etilishi ustidan nazorat o‘rnatilishini;
ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati uchun to‘lovlarning holati bo‘yicha monitoring kuzatuvi yuritish va natijalari yuzasidan viloyat hokimligiga aniq takliflar kiritib borilishini;
ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarning yangi miqdorlarini to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda to‘liq undirilishi va bozorlar daromadlarining belgilangan qismini mahalliy byudjetga o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishini ta’minlash topshirilsin.
Viloyat hokimi E.Turdimov
Qaror loyihasini muhokama qilish va fikr-mulohazalaringizni bayon etish uchun ushbu havolani bosing.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 7
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.