w w w . s a m a r k a n d . u z

YANGI YIL ARAFASIDA YANGI OBYEKTLAR ISHGA TUSHDI

YANGI YIL ARAFASIDA YANGI OBYEKTLAR ISHGA TUSHDI

Yangi yil arafasida Narpay tumanida yangi barpo etilgan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar va loyihalar foydalanishga topshirildi.

Jumladan, Narpay, Bolg‘ali mahallalari binolari mahalliy byudjet mablag‘lari, homiylar ko‘magi, aholi birdamligida taʼmirlanib, shinam, zamonaviy ko‘rinish kasb etdi va bugun xalq xizmatiga shay bo‘ldi.

Shuningdek, Barkamol mahallasida Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika filiali, 1 milliard 300 million so‘m mablag‘ evaziga kapital taʼmirlanib, bugun yana-da qulay va zamonaviy ko‘rinishda.

Nog‘oraxona mahallasida "Narpay Sam stroy" xususiy korxonasi 7 milliard 350 million so‘m mablag‘ evaziga qurgan ko‘p qavatli turar joy binolari ham fuqarolar uchun tayyor bo‘ldi.

Shu asnoda, "Maroqand sifat" MCHjda barpo etilgan, 7 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan va qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun foydali hasharotlar yetishtiradigan yirik biolaboratoriya faoliyat boshladi.

Muqimiy mahallasidagi 9-MTT o‘rnida, 4 milliard 200 million so‘m mablag‘ evaziga 120 o‘rinli yangi, zamonaviy qilib qurilgan bog‘cha binosi foydalanishga topshirildi.

Barkamol mahallasi fuqarosi K.Omonova "Besh tashabbus"ning paralimpiya o‘yinlarida yengil atletika bo‘yicha g‘olib bo‘lgani sabab, mahallada Yoshlar siyosati va Sport vazirligi hisobidan 480 million so‘m mablag‘ga yangi universal ochiq sport maydoni barpo etildi.

Shu qatorda, "Exslusive optima biznes" MCHJ 32 milliard so‘m mablag‘ga barpo qilgan savdo kompleksi, "Muhammadjon next oil" MCHJda, 1 milliard so‘mga ishga tushgan yangi va zamonaviy ko‘chma AYOQSHning ham ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Navbatdagi yangi tadbirkorlik obyekti Sarbozor mahallasidagi 14 milliard so‘m evaziga qurilgan savdo kompleksi ishga tushirildi.

Bir so‘z bilan aytganda, yangi ijtimoiy soha obyektlari aholi yashash tarziga qulaylik olib kelsa, yangi iqtisodiy loyihalar aholi farovon turmushining yana bir kafolatidir.


Kiritilgan vaqti: 29/12/2023 18:08.   Ko‘rilganligi: 118
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/yangi-yil-arafasida-yangi-obyektlar-ishga-tushdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.