Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida “Ohalik – Oqbo’yro – Mironkul” turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
U Samarqand tumanidagi “O‘rta Ohalik”, “Oqbo’yro”, “Yangijoy” va “Mironkul” mahallalarida joylashtiriladi. Ohalik loyihasi - 1700 gektarga yaqin, Oqbo’yro - 414 gektar, Mironkul 2500 gektardan ortiq maydonni egallaydi.
Davlatimiz rahbarining qarorida keng ko‘lamli loyihani amalga oshirish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berilgan. Yuklatilgan vazifalar ijrosi viloyat hokimi tomonidan Samarqand tumani hokimligida mas’ullar bilan birgalikda muhokama qilindi.
Hujjatda joriy yilning 1-avgustiga qadar hududning bosh rejasini ishlab chiqish va zarur yer uchastkalari toifasini o‘zgartirish bo‘yicha hukumat komissiyasiga takliflar kiritish, turizm zonasida xavfsiz turizmni ta’minlash maqsadida ichki ishlar bo‘limlarini tashkil etish va boshqalar belgilangan.
Muhokamada Samarqand tumani hokimligi huzurida ushbu loyiha doirasida avtomobil yo‘llarini modernizatsiya qilish va qurish, turistik infratuzilma, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi bo‘ladigan davlat muassasasi shaklida turizm-rekreatsion zona direksiyasini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Turistik zona hududida turistik infratuzilmani qurish mumkin bo‘lgan yer uchastkalari qarorga muvofiq keyinchalik samarali foydalanish yoki investorlarga belgilangan tartibda onlayn-auksion orqali sotish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan direksiyaga o‘tkaziladi. Avvalo, yerlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, tog‘ turizmi loyihasining chegaralarini aniqlash zarurligi aytildi. Shuningdek, to‘rtta mahalla fuqarolari bilan suhbatlar o‘tkazib, ularning fikrini so‘rash, takliflarini tinglash zarurligi aytildi.
– Loyihani amalga oshirishda birinchi navbatda suvning mavjudligi zarur, – dedi Erkinjon Turdimov. Selni saqlash ombori qurish masalasini o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Umuman olganda, mazkur loyiha tuman infratuzilmasini yaxshilashi, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qilishini inobatga olib, uni amalga oshirishda mahallalardan tortib hokimiyatgacha faol ishtirok etish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Bir haftadan soʻng masʼullar turistik zonaning yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi boʻyicha taqdimotlar oʻtkazishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 11
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.