Самарқанд вилояти ҳокимлиги w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionatiga mezbonlik qiladi

Samarqand yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionatiga mezbonlik qiladi

Joriy yilning 23-25   sentabr kunlari Samarqand shahrida yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo IV ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro musobaqalarda 11 davlatdan 300 dan ortiq sportchi ishtirok etadi. Musobaqada ishtirok etish uchun yurtimizga Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Malayziya, Tailand va Filippin terma jamoalari tashrif buyuradi.

Musobaqalar Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi tomonidan Markaziy Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi va “O‘zbekneftgaz” AK ko‘magida tashkil etiladi.

Samarqand shahridagi “Afrosiyob Arena” sport majmuasi yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionatiga shay holatga keltirildi.

Sportchilar asosiy yugurish yo‘nalishlaridan tashqari, texnik yo‘nalishlar, ya’ni balandlikka sakrash, tayanib sakrash, uzunlikka sakrash, disk, bolg‘a va nayza uloqtirish bo‘yicha ham bahslashadilar.

Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari deyarli barcha yo‘nalishlar bo‘yicha bellashadilar.

Musobaqaning uchinchi kuni “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi kubogi hamda “Save Aral 2022” xalqaro xayriya yugurish musobaqasining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi.


Киритилган вақти: 22/09/2022 10:27.   Кўрилганлиги: 50
 
Материал манзили: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-yengil-atletika-boyicha-markaziy-osiyo-ochiq-chempionatiga-mezbonlik-qiladi

 

Сўровнома


Веб-сайтимиз орқали қайси соҳа бўйича кўпроқ янгиликлар жойлаштирилишини истайсиз?

Хабарларга обуна бўлиш


Статистика


Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 2
Меҳмонлар: 12

Ҳаракатлар стратегияси 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.