w w w . s a m a r k a n d . u z

PASTDARG‘OM TUMANI

PASTDARG‘OM TUMANI

Markazi – Juma shahri.
Tashkil topgan vaqti - 1926-yil 29-sentyabr.
Umumiy maydoni – 0,87 ming km2.
Shahar tipidagi posyolkalar (shaharchalar) soni – 12 ta.
Mahalla fuqarolari yig‘inlari soni – 107 ta, shundan shahar mahallalari soni – 14 ta, qishloq fuqarolari yig‘inlari soni – 13 ta.
Qishloq aholi punktlari - 164 ta.
2024-yil 1-yanvar holatidagi doimiy aholi soni – 383291 kishi (erkaklar – 192877, ayollar – 190414).
Samarqand shahrigacha bo‘lgan masofa – 24 km.
Chegaradosh tumanlar – Ishtixon, Oqdaryo, Samarqand, Nurobod, Kattaqo‘rg‘on.

Tuman hokimi – Murotqobilov Vahobjon Abdug‘anievich

Manzil: 140500, Juma shahri, Amir Temur ko‘chasi, 24-uy

Telefon: (0366) 231-98-23 

e-mail: info@pastdargom.uz

http://pastdargom.uz

 

Pastdarg‘om – Samarqand viloyatidagi qishloq tumani nomi. Toponimning ikkinchi komponenti  Darg‘om – Zarafshon daryosidan chiqadigan qadimiy kanal, ariq. Uzunligi 100 kilometrga yaqin. Zarafshon daryosining “Birinchi May” to‘g‘onidan boshlanib, Ulus cho‘lida tugaydi. Tarixiy manbalar ariqning eramizdan avvalgi V-IV asrlarda qazilganidan xabar beradi.

Klavdiy Ptolomiy tuzgan kartada (II asr) bu ariq nomi Dargomoniy shaklida tilga olinadi. Toponimning birinchi komponenti  Darg “uzun” demak, ikkinchi qismi –om esa –ob ning o‘zgargan shaklidir. Chunki “b” va“m” tovushlarining almashish hodisasi uchrab turadi.

Binobarin, Darg‘om yoki Darg‘ob “uzun yoki katta suv” demakdir (Do‘simov Z., Egamov X. Joy nomlarining qisqacha izohli lug‘ati, T.: O‘qituvchi, 1977, 48-bet).

 


Oxirgi o‘zgarish: 22/01/2024 20:13.   Ko‘rilganligi: 2482
 
Material manzili: https://samarkand.uz/towns_districts/pastdargam

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 14

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.