w w w . s a m a r k a n d . u z

QO‘SHRABOT TUMANI

QO‘SHRABOT TUMANI

Markazi – Qo‘shrabot shaharchasi.
Tashkil topgan vaqti - 1978 yil 3 aprel.
Umumiy maydoni – 2,16 ming km2.
Shahar tipidagi posyolkalar (shaharchalar) soni – 2 ta.
Mahalla fuqarolari yig‘inlari soni – 45 ta.
Qishloq aholi punktlari – 137 ta.
2024-yil 1-yanvar holatidagi doimiy aholi soni – 141851 kishi (erkaklar – 72397, ayollar – 69454).
Samarqand shahrigacha bo‘lgan masofa – 100 km.
Chegaradosh viloyatlar - Navoiy, Jizzax, tumanlar – Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon, Payariq.

Tuman hokimi – Shakarboyev Dilshod Davronovich

Manzil: 140900, Qo‘shrabot shahri, G‘afur G‘ulom ko‘chasi, 2-uy

Telefon: (66) 646-15-18 

e-mail: info@qoshrabot.uz

http://www.qoshrabot.uz

Qo‘shrabot – Samarqand viloyatidagi qishloq tumani hamda tuman markazi nomi. Toponimning birinchi komponenti Qo‘sh so‘zi ikki yoki juft ma’nosini anglatadi.  Rabot so‘zi esa dastlab islom dini tarqala boshlagan davrlarda harbiylar uchun mo‘ljallab qurilgan bino, istehkom ma’nosini anglatgan. Keyinchalik karvonsaroy (mehmonxona) ma’nosini ham anglatgan. Rabot termini ko‘plab joy nomlari hosil qilgan (Qoraev S., G‘ulomov P., Rahimbekov R. Geografik terminlar va tushunchalar izohli lug‘ati. T.: O‘qituvchi, 1979, 110-bet).

Qo‘shrabot yonma-yon ikkita karvonsaroy qurilgan joy ma’nosini ifodalaydi.


Oxirgi o‘zgarish: 22/01/2024 18:01.   Ko‘rilganligi: 1893
 
Material manzili: https://samarkand.uz/towns_districts/koshrabat

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 13

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.