Бош саҳифа / Очиқ маълумотлар / Самарқанд вилояти маҳаллий бюджетининг асосий параметрлари
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

Самарқанд вилояти маҳаллий бюджетининг асосий параметрлари

 

Маълумотлар тўплами номи:

Самарқанд вилояти маҳаллий бюджетининг 2016 йилги асосий параметрлари

Маълумотлар тўплами тавсифи:

Самарқанд вилояти маҳаллий бюджетининг 2016 йилги асосий параметрлари тўғрисида.

Маълумотлар тўплами  эгаси:

Самарқанд вилоят Молия бошқармаси

Масъул  шахс:

Холмуродов З.

Масъул шахс билан боғланиш:

0 (366) 233-59-24

Маълумот форматлари:

doc pdf

Охирги ўзгартирилган сана

2017 йил март

Samarqand viloyatining 2016 yil 9 oylik yakuni bilan mahalliy byudjetining ijrosi hamda yilni yaxshi yakunlashda amalga oshiriladigan vazifalar to`g`risida

2016 yil 9 oyligi davomida viloyat mahalliy byudjetini sifatli qilib ijrosini ta`minlash borasida muayyan ishlar olib borildi. Natijada, viloyat mahalliy byudjetining  daromadlar qismi prognoz rejasi 100,4 foizga bajarildi yoki rejadagi 918,9 mlrd.so`m o`rniga, haqiqatda 922,6 mlrd.so`m daromad tushirildi yoki prognoz rejaga nisbatan 3,7 mlrd.so`mlik qo`shimcha mablag’ tushirilishi ta`minlandi. Bu esa o`z navbatida viloyat mahalliy byudjetining daromadlar qismi rejasini umumiy hamda shahar va tumanlar bo`yicha sifatli qilib bajarilishiga olib keldi.

Viloyat bo`yicha jami daromadlar qismi rejasi umumiy tarzda bajarilgan bo`lsada, mavjud manbalarning 6 ta manbai bo`yicha jami 4,3 mlrd.so`mga bajarilishi ta`minlanmadi. Shundan, mavjud bahо beriladigan manbalarning bitta turidan, ya`ni Suv resurslaridan foydalanganlik uchun solig’idan 14,0 mln.so`mga reja bajarilmadi.

Viloyatdagi xo`jalik yurituvchi subyektlarning byudjetga boqimonda qarzlari (penyasiz) 2016 yilning 1 oktyabr holatiga 25,2 mlrd.so`mni tashkil qilib, 2016 yil 1 yanvar holatiga (25,6 mlrd.so`m) nisbatan 0,4 mlrd.so`mga kamaygan. Jami boqimonda qarzlarning 38 foizini qo`shilgan qiymat solig’i, 30 foizni yer solig’i, 21 foizini barcha mulk shakldagi kichik korxonalar uchun yagona solig’i tashkil qiladi.

Shu davrdagi viloyat mahalliy byudjetining xarajatlar qismi 96,8 foizga ijro etilib, 1622,5 mlrd.so`mlik xarajatlar amalga oshirildi.

2016 yil 9 oyligi davomida ijtimoiy-madaniy tadbirlar uchun 1358,0 mlrd.so`m mablag’ moliyalashtirildi, bu mahalliy byudjet jami xarajatlarining 83,7 foizini tashkil qiladi. Shundan, umumiy ta`lim sohasi bo`yicha 772,9 mlrd.so`mlik, sog’liqni saqlash sohasi bo`yicha 335,5 mlrd.so`mlik xarajatlar amalga oshirildi.

Ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarning turmush farovonligini oshirish bilan bog’liq xarajatlarga o`zini-o`zi boshqarish organlari orqali 119046,1 mln.so`m mablag’ ajratildi.

2016 yilning qolgan davrida mahalliy byudjetlarining daromadlari va xarajatlari ijrosini to`liq vа sifatli ta`minlash hamda 2016 moliya yiliga samarali zamin yaratish maqsadida tegishli boshqarmalar, shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko`zda tutiladи:

-2016 yilning 3-choragi hamda yillik mahalliy byudjet daromadlarini barcha manbalar hamda hududlar bo`yicha to`liq va o`z vaqtida tushumini ta`minlash;

-Mahalliy byudjetlariga hisoblangan soliqlarning barcha turlari bo`yicha boqimonda qarzdorliklarni kamaytirish choralarini ko`rish;

-Hududlarning daromad bazasini mustahkamlash va yuqori byudjetdan olinayotgan subventsiya ulushini kamaytirish bo`yicha qabul qilingan Dasturlarning ijrosini alohida nazoratga olish, mazkur Dasturlarda 2016 yilda amalga oshirilishi belgilangan tadbirlarni o`z vaqtida bajarilishini ta`minlash;

-Mahalliy byudjetlardan ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlar, ijtimoiy nafaqalarni va pensiya to`lovlarini to`liq va o`z muddatida amalga oshirilishini ta`minlash, ularning tijorat banklari tomonidan naqd pul bilan ta`minlanishi ustidan qat`iy nazorat o`rnatish;

-Byudjetdan mablag’ oluvchi muassasalar tomonidan ajratilayotgan byudjet mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanish, kreditor qarzdorliqlarga yo`l qo`ymaslik choralarini ko`rish;

-Byudjet muassasalarida "UzASBO" Dasturi bo`yicha mavjud muammolar asosida Dasturni yanada takomillashtirish bo`yicha takliflar berish;

-Homiladorlik va tug’ish nafaqasiga mablag’larni o`z vaqtida ajratilishi hamda maqsadli sarflanishi yuzasidan doimiy monitoring ishlarini tashkil etish;

-2016/2017 yillar kuz-qish davrida ijtimoiy soha muassasalarini barqaror faoliyat yuritishini ta`minlash va ajratilgan byudjet va byudjetdan tashqari mablag’larning manzilliligini va samaradorligini oshirish maqsadida, mablag’larni muassasalar holatini joyiga chiqib o`rgangan holda, puxta tayyorlangan manzilli dasturlar asosida birinchi navbatda ta`mirtalab muassasalarga va eng zarur tadbirlarga yo`naltirish, ijtimoiy soha muassasalariga zamonaviy texnologik talablarga javob beradigan, energotejamkor hamda gaz va ko`mir yoqilg’isiga moslashtirilgan isitish qozonlarini xarid qilinishi, ko`mir va briket yoqilg’isi zahirasini sifatli saqlanishi ustidan qat`iy nazorat o`rnatish.


Охирги ўзгариш: 18/03/2017 11:02 Кўрилганлиги: 359
 
Қидириш
Жами мурожаатлар: 1353 (100%)
Кўриб чиқилган: 1169 (86%)
Кўриб чиқилмоқда: 184 (14%)
 
Вилоят ҳокимлигининг умумий бўлими
 
 
 
mail@samarkand.uz
 
 
Электрон давлат хизматлари

Электрон давлат хизматлари
Очиқ маълумотлар
Онлайн тизимлар




 
 
 

    Сайтга баҳо беринг

Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 1
Мехмонлар: 11
 
Яндекс.Метрика
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг